WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
14 OktabrOktabrOktabr 2024 4 ko'rishlar

Diniy ekstremizmga qarshi kurash va millatlararo totuvlik: Yoshlar muloqotida yangicha yondashuvlar.

Namangan muhandislik-texnologiya institutining 1-sonli talabalar turar joyida “Diniy ekstremizmga qarshi kurashish va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash” mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Tadbirda institut rektori maslahatchisi Mamatxon Xodjayev, mas'ul xodimlar, mahalliy va xorijiy talabalar ishtirok etishdi.

Ushbu suhbat davomida ishtirokchilar diniy ekstremizmga qarshi kurashishning dolzarbligi, o'zaro tushunish va tinchlikni saqlashning ahamiyati haqida fikr almashdilar. Davra suhbatida so'z olganlar, millatlararo totuvlikni mustahkamlashda shaxsiy mas'uliyatni oshirish zarurligini ta'kidladilar.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar kelgusida bunday tadbirlarni kengaytirish va turli formatlarda davom ettirishga kelishib oldilar. Ular tinchlik va barqarorlikni ta'minlashda har bir insonning roli muhimligini anglab yetdilar. Har birimizning xatti-harakatimiz, o'zaro hamjihatligimiz va hurmatimiz, kelajakda yanada mustahkam millatlararo totuvlikni yaratishga yordam beradi. Tinchlik va hamjihatlik yo'lida birgalikda harakat qilishimiz zarur!

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar