TISUda doktorantura ochildi
TISUda doktorantura ochildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga bir qator doktorantura ixtisosliklari bo‘yicha litsenziya berildi. Mazkur qaror universitet ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish hamda yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Endilikda universitetda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha doktorantura faoliyati yo‘lga qo‘yiladi:
— Etnografiya, etnologiya va antropologiya
— Oʻzbekiston tarixi
— Moliya, pul muomalasi va kredit
— Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
— Morfologiya
— Xirurgiya
Ushbu doktorantura yo‘nalishlarining ochilishi nafaqat universitet, balki butun hudud ilm-fani rivoji uchun ham muhim voqea hisoblanadi. Yangi ixtisosliklar orqali ilmiy izlanish olib borayotgan yosh tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar hamda professor-o‘qituvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Shuningdek, mazkur litsenziyalar universitetda zamonaviy ilmiy maktablarni shakllantirish, innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim sifati va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishga muhim zamin yaratadi.