Geodeziyada zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv-amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
.
Joriy yilning 9-fevral kuni Geologiya fanlari universitetida “ELLIPS-TECHNOLOGY” MChJ vakillari ishtirokida “Konchilik ishi va texnologiyalar” kafedrasining “Geodeziya va geoinformatika” yo‘nalishi talabalari uchun “Geodeziyada zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash” mavzusida o‘quv-amaliy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida talabalar yangi avlod geodezik uskunalari, ularning texnik imkoniyatlari hamda zamonaviy geodezik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu uchrashuv Geologiya fanlari universiteti va “ELLIPS-TECHNOLOGY” MChJ o‘rtasidagi samarali hamkorlik doirasida tashkil etilib, talabalarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari va mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qildi.