WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
29 OktabrOktabrOktabr 2025 85 ko'rishlar

“El-yurt umidi” — yoshlar uchun cheksiz imkoniyatlar maydoni

Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va muhandislik fakultetida “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarga ushbu jamg‘arma tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar, xorijda ta’lim olish va malaka oshirish dasturlari haqida ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda asosiy spiker sifatida Buyuk Britaniyaning TOP-200 talik oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan “University of Leicester” bitiruvchisi O‘tkirjon Islomov ishtirok etdi.

Tadbir davomida stipendiya va grant dasturlari, ariza topshirish tartibi, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar hamda saralash bosqichlari haqida batafsil tushuntirish berildi. O‘tkirjon Islomov o‘zining shaxsiy tajribasiga tayanib, foydali maslahatlar berdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar xorijda ta’lim olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ega bo‘ldilar.

Boshqa yangiliklar