Ma’rifat ulashib
Guliston davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.
joriy yilning 24-aprel kuni institut Madaniyat saroyida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida taniqli adiblar O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Hayot Shodmon va Muhiddin Abdusamadlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.
Tadbirda talaba-yoshlar qalbida adabiyotga mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish, ona Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish alohida qayd etib o‘tildi. Shu bilan birga, yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, dunyoqarashining kengaytirishda milliy ma’naviyat va mafkuraning ahamiyati yuqori ekanligi qayd etildi.
Talaba-yoshlar tomonidan sevimli ijodkorlarning eng sara she’rlaridan namunalar o‘qildi va adiblar ham yosh iste’dodlarning ijodidan bahramand bo‘lishdi.