WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
09 IyulIyulIyul 2026 12 ko'rishlar

Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari Turkiyada ilmiy stajirovka o‘tadi

Stajirovka doirasida TDYU vakillari mazkur universitetning Huquq fakulteti dekani, professor Neslihan Karatash Durmush hamda dekan o‘rinbosari Ebru Demir bilan uchrashib, fuqarolik protsessual huquqi va intellektual mulk huquqi yo‘nalishlaridagi zamonaviy yondashuvlar, ta’lim jarayonini tashkil etish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

      Professor-o‘qituvchilar universitetning kutubxonasi, sud simulyatsiyasi zallari va o‘quv auditoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, dars mashg‘ulotlarini kuzatdi, yetakchi olimlar bilan tajriba almashdi hamda o‘z ilmiy tadqiqotlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazdi.

     Muzokaralar davomida ikki universitet o‘rtasida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, hammualliflikda ilmiy maqolalar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar stajirovkalarini muntazam tashkil etish, o‘zaro seminar va ma’ruzalar o‘tkazish hamda akademik hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Boshqa yangiliklar