30 OktabrOktabrOktabr 2025
74 ko'rishlar
Talaba-qizlar voleybol maydonida kuch sinashdi
Qo‘qon davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida voleybol musobaqasi tashkil etildi.
Bellashuv davomida jamoalar o‘zining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan ishonchini namoyon etdilar. Qizg‘in raqobat va sportona muhitda kechgan musobaqa natijasiga ko‘ra, faxrli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin — “DIAMOND” jamoasi
2-o‘rin — “VALLEYVIBES” jamoasi
3-o‘rin — “VICTORY” jamoasi