WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
18 IyunIyunIyun 2025 90 ko'rishlar

“Farg‘ona – 2025”: Talabalar o‘rtasida kibersport musobaqalari.

Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida “Talabalar kibersport o‘yinlari Farg‘ona – 2025” hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada Farg‘ona viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalarining eng kuchli kibersportchi talabalari ishtirok etdi. Bellashuvlar yuqori texnologiyalar, tezkorlik va jamoaviy hamkorlik asosida o‘tib, murosasiz va hayajonli kurashlarga boy bo‘ldi.

Qo‘qon davlat universiteti jamoasi ham musobaqada munosib ishtirok etib, o‘zining bilim, salohiyat va jamoaviy uyg‘unligini amalda namoyon qildi.

Bunday musobaqalar yosh avlodda sog‘lom raqobat muhiti, strategik fikrlash hamda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Boshqa yangiliklar