Feruza Madraximova Malayziyadagi o‘zbekistonlik talabalar bilan muloqot qildi
UrDU rektori Malayziyaning turli oliygohlarida tahsil olayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashib, ularni kelgusida yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga chorladi.
Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova Malayziyaning Melaka shahrida bo‘lib o‘tgan forumdan so‘ng, ushbu mamlakatning turli universitetlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda rektor yoshlarning o‘qish jarayonlari va kelajakdagi rejalari bilan qiziqdi. Feruza Madraximova talabalarga o‘z sohalari bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashlari lozimligini ta’kidlab, ularning yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarida hamda kelgusida O‘zbekiston ravnaqi uchun xizmat qilishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.