WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 OktabrOktabrOktabr 2025 11 ko'rishlar

Talaba-qizlar o‘rtasida “Besh tashabbus” voleybol musobaqasi yakunlandi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talaba qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi Qo‘qon davlat universitetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talaba qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa jarayonida jamoalar o‘zaro murosasiz bahs olib borishdi va g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
1-o‘rin — Sport faoliyati yo‘nalishi jamoasi
2-o‘rin — Jismoniy madaniyat yo‘nalishi jamoasi
3-o‘rin — Pedagogika va psixologiya fakulteti jamoasi
3-o‘rin — Kimyo o‘qitish metodikasi yo‘nalishi jamoasi

G‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
 

Boshqa yangiliklar