ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI
ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI
ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI
Ayolni asragan, ulug’lagan xalq – buyuk xalq. Ayollari baxtli elning farzandlari esa barkamol, kelajagi nurafshondir. Bejizga so’zlarni ayollar ta’rifidan boshlamadik. 29-fevral kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida o’zbek ayolining ma’naviy qiyofasini namoyon etgan atoqli shoiramiz Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligiga bag’ishlangan “Zulfiyaxonim izdoshlari” nomli davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvda shoiraning hayoti va ijodi haqida atroflicha suhbatlashib, uning nomiga taʼsis etilgan davlat mukofotini kimlar qoʼlga kirita olishlari haqida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, talabalar tomonidan shoiraning “Sog’inib”, “Bog’lar qiyg’os gullaganda” “Ko’rganmiding ko’zlarimda yosh” kabi she’rlari ifodali o’qildi.