WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
05 MartMartMart 2026 9 ko'rishlar

Germaniya Tadqiqot Jamg‘armasi (DFG) delegatsiyasi UrDU laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi

Germaniyalik olimlar Urganch davlat universitetining qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi zamonaviy laboratoriyalarini ko‘zdan kechirib, o‘zaro ilmiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Bugun Urganch davlat universitetida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy seminardan so‘ng, Germaniya Tadqiqot Jamg‘armasi (DFG) ilmiy delegatsiyasi a’zolari universitetning ilmiy-tadqiqot salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mehmonlar quyidagi laboratoriyalar faoliyatini ko‘zdan kechirdilar:

  • Qishloq xo‘jaligi kimyoviy tadqiqotlari laboratoriyasi;

  • Qishloq xo‘jaligi biologik tadqiqotlari laboratoriyasi;

  • Qishloq xo‘jaligi tuproq tadqiqotlari laboratoriyasi.

Tashrif davomida laboratoriyalarning zamonaviy jihozlari, ilmiy yo‘nalishlari hamda yosh tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan izlanishlar germaniyalik mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi. Muloqotlar davomida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy ishlar natijalarini xalqaro loyihalar doirasida amaliyotga tatbiq etish va hamkorlikda yangi tadqiqotlar o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Boshqa yangiliklar