WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
13 IyunIyunIyun 2025 74 ko'rishlar

QoʻqonDU litseyida bitiruvchilarga oltin medal va diplomlar topshirildi.

Qoʻqon davlat universiteti akademik litseyida joriy yilgi bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi katta tantana bilan oʻtkazildi. Tadbirda universitet rektori Dilnoza Xodjayeva, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Oybek Bozorov, litsey direktori Sevaraxon Soliyeva, oʻqituvchilar va bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.

2024–2025 oʻquv yilini muvaffaqiyatli yakunlayotgan 136 nafar bitiruvchidan 5 nafari oltin medal, 21 nafari qizil diplom bilan taqdirlandi. Shuningdek, 70 dan ortiq oʻquvchi umumtaʼlim fanlari va xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega boʻldi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar bitiruvchilarga ezgu tilaklar bildirib, ularning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni davom ettirishiga ishonch bildirishdi.

Marosim chogʻida yana bir muhim voqea – “Akademik litsey iftixori” stipendiyasi sohiblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Universitet rektori tomonidan ta’sis etilgan ushbu stipendiyaga loyiq topilgan 10 nafar bitiruvchiga guvohnomalar tantanali tarzda topshirildi.

Boshqa yangiliklar