WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
08 AprelAprelAprel 2025 33 ko'rishlar

Maktabimga kitob sovg‘a qilaman!

Maktabimga kitob sovg‘a qilaman!

Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiev "Maktabimga kitob sovg‘a qilaman" aksiyasi doirasida Guliston shahridagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida M.Xodjiev maktab o‘quvchilari bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazib, ularning ta'limga bo'lgan qiziqishlari, orzu-intilishlari haqida suhbatlashdi. Ushbu uchrashuvda "Maktabimga kitob sovg‘a qilaman" aksiyasi doirasida 50 dan ortiq yangi adabiyotlar maktab o‘quvchilariga taqdim etildi. Bu kitoblar yosh avlodning bilim va tafakkurini boyitish, ularning ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. 📚 Kitob – bilim manbai, taraqqiyot kaliti! Mazkur aksiya doirasida har bir inson maktablarga kitob hadya qilish orqali yosh avlodning ma'naviy rivojiga hissa qo‘shishi mumkin. Kelajagimizga befarq bo‘lmaylik, bilimli yoshlarni qo‘llab-quvvatlaylik!

Boshqa yangiliklar