WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
24 MartMartMart 2026 10 ko'rishlar

«I Yoshlar Delfi o‘yinlari»

«I Yoshlar Delfi o‘yinlari»

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali direktori R.Allanbaev, filial cholg‘u ijrochiligi kafedrasi professori H.Rajabov, Respublika va xalqaro tanlovlar laureati A.Lezina, filial cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari mutaxassisligi 4-bosqich talabasi Bomurmirzo Shavkatov, cholg‘u ijrochiligi: fortepiano (organ) mutaxassisligi 2-bosqich talabasi Rayxan Kuvanishbaeva va cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari mutaxassisligi 3-bosqich talabasi Olloshukur Rajabboevlar 2026 yilning 23-28 mart kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning  «I Yoshlar Delfi o‘yinlari»da ishtirok etmoqda.

24 mart kuni Festivalning tantanali ochilish kechasi bo‘lib o‘tdi va filialimizdan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari marosimda faol ishtirok etdi.

Biz ham, o‘z navbatida, yurtdoshlarimizning g‘oliblikni qo‘lga kiritishiga tilakdoshmiz.

Boshqa yangiliklar