II Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining 2 yilligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-sonli “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosidan kelib chiqib....
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining 2 yilligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-sonli “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosidan kelib chiqib, 2024-yilning 8-noyabr kuni “Ilg‘or muhandislar va arxitektorlar: barqaror rivojlanish uchun ilm-fan va ta’limni modernizatsiya qilish” mavzusidagi II xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
💳 Xalqaro anjuman quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z ishini olib boradi:
🟢 arxitektura, shaharsozlik, dizayn sohalarida mavjud muammolarning ilmiy-amaliy yechimlari;
🟢 madaniy meros obyektlarini asrash va regeneratsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan istiqbolli islohotlar;
🟢 qurilish, mexanika, atrof-muhit, mehnatni muhofaza qilish va salomatlik, geomatika muhandisliklari tizimlari muammolarning ilmiy-amaliy yechimlari va istiqbollari;
🟢 iqtisodiyot va muhandislik sohalari boshqaruv tizimini transformatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari;
🟢 kompyuter grafikasidan foydalanishning xalqaro tajribalari va tizimni takomillashtirish muammolari;
🟢 arxitektura va muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishning muammmo va yechimlari hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tajribalari.
🖋 Konferensiyaning rasmiy tillari: o‘zbek, rus va ingliz;
⏲ Konferensiyaning boshlanish vaqti: soat 10:00 da;
📍 Manzil: “Shirin” direksiyasi.