Xalqaro anjumanda ta’limning innovatsion yo‘nalishlari tahlil qilindi
Qo‘qon davlat universitetida “Ta’lim strategiyasi: yuqori malakali bo‘lajak pedagog kadrlar tayyorlash istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Tadbirda Rossiya iqtisodiyot universiteti (Rossiya), Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus), Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti (Qozog‘iston), K. Toktomamatov nomidagi xalqaro universitet (Qirg‘iziston), Ukraina milliy bioresurslar va tabiatdan foydalanish universiteti (Ukraina), shuningdek, L. Tolstoy nomidagi Tula davlat pedagogika universiteti (Rossiya) kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdilar.
Anjumanda zamonaviy ta’lim strategiyalarini amaliyotga tatbiq etish, xalqaro tajriba almashinuvi, pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ta’lim sifatini oshirish masalalari yuzasidan ilmiy fikrlar va innovatsion g‘oyalar almashildi.