WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
22 MayMayMay 2026 23 ko'rishlar

Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston–Turkiya rektorlari IV forumi doirasida Toshkent davlat transport universiteti yangi xalqaro hamkorlik kelishuvlarini imzoladi

Buxoro davlat texnika universitetida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston–Turkiya rektorlari IV forumi doirasida Toshkent davlat transport universiteti xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish yo‘lida muhim natijalarga erishdi. Forumning universitetlararo uchrashuvlari va muzokaralari yakunida universitet rektori, professor Abdulaziz Gulamov tomonidan Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan qator hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Xususan, Izmir shahridagi Ege universiteti rektori professor Musa Alcı, Ankara Yıldırım Beyazıt universiteti rektori professor Ali Cengiz Köseoğlu, Atatürk universiteti rektori professor Ahmet Hacımüftüoğlu hamda Istanbul texnika universiteti rektori professor Hasan Mandal bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolandi.
Mazkur kelishuvlar akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar mobilligini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda transport, muhandislik, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar yo‘nalishlarida hamkorlikni mustahkamlashni nazarda tutadi.
Shuningdek, tomonlar xalqaro grant loyihalarida birgalikda ishtirok etish, zamonaviy laboratoriyalar va ilmiy markazlar salohiyatidan o‘zaro foydalanish, ilmiy nashrlar tayyorlash hamda yosh olimlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Imzolangan memorandumlar Toshkent davlat transport universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirish, dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan strategik sheriklikni mustahkamlash hamda universitetning xalqaro akademik maydondagi mavqeini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar