WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
09 AprelAprelAprel 2026 4 ko'rishlar

Xalqaro hamkorlik — ta’lim sifatining muhim omili: UrDUda xorijiy mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Urganch davlat universitetida faoliyat yuritayotgan 15 nafar xorijiy professor-o‘qituvchi bilan o‘quv jarayoni samaradorligi va ularga yaratilgan shart-sharoitlar muhokama qilindi.

Bugun Urganch davlat universitetida Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Oybek Sotiboldiyev ayni paytda oliygohda dars berayotgan xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Samimiy muloqot ruhida kechgan uchrashuvda hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda xorijlik mutaxassislarning o‘quv jarayonidagi ishtiroki masalalariga e’tibor qaratildi.
Hozirda universitetda AQSh, Ispaniya, Xitoy, Sloveniya, Rossiya, Gretsiya hamda Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan 15 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Muloqot davomida ularning samarali ishlashi va qulay yashashi uchun yaratilgan imkoniyatlar tahlil qilindi. Bu kabi xalqaro hamkorlik talabalar uchun zamonaviy bilimlarni bevosita xorijiy tajriba asosida egallashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Boshqa yangiliklar