WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
30 MayMayMay 2026 12 ko'rishlar

Xalqaro hamkorlik: magistrantlar Belarus Respublikasida

Xalqaro hamkorlik: magistrantlar Belarus Respublikasida

Xalqaro hamkorlik: magistrantlar Belarus Respublikasida
 

Navoiy davlat universiteti va Polotsk davlat universiteti o‘rtasida imzolangan memorandum va shartnoma doirasida amalga oshirilayotgan 1+1 qo‘shma ta’lim dasturi xalqaro ta’lim hamkorligini mustahkamlashga xizmat qilyapti.



Ayni kunlarda mazkur dastur asosida Rus tili va adabiyoti mutaxassisligi 2-bosqich magistrantlari Navoiy davlat universiteti Registrator ofisi direktori, Rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti D.M. Shamsiyeva boshchiligida Polotsk davlat universitetida bo‘lib turishipti.

Dastlab universitet rektori Yu. Romanovskiy hamda Gumanitar fakultet dekani A.L. Radyuk bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinib, qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish, akademik almashinuvlarni faollashtirish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Boshqa yangiliklar