10 IyunIyunIyun 2026
21 ko'rishlar
Xitoyning nufuzli ta’lim va kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatildi
Xitoyning nufuzli ta’lim va kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatildi
Xitoyning nufuzli ta’lim va kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatildi
Navoiy davlat universiteti Xitoyning Pekin qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji hamda Beijing Shengxi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi.
Mazkur hujjatlar qishloq xo‘jaligi sohasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.
Memorandumlar doirasida talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ilg‘or tajriba va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.