09 YanvarYanvarYanvar 2026
170 ko'rishlar
Xalqaro ta’lim hamkorligi: Qo‘qonga DAMU universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi
Xalqaro ta’lim maydonida Qo‘qon yana bir muhim voqeaga mezbonlik qildi. Ta’lim xizmatlari eksportini kengaytirish, qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan Qo‘qon davlat universitetida Qozog‘istondagi DAMU universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.