xalqaro_hamkorlik
Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida oliy ta’lim sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
Gulistonda O‘zbekiston — Janubiy Koreya, Sirdaryo — Kvansan-Gu biznes forumi ish boshladi. "Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi"da o‘tayotgan forum ochilishida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, Janubiy Koreyaning Kvandju metropoliten shahri Kvansan-Gu tumani hokimi Pak Byung Kyu, Koreya-O‘zbekiston biznes assosiatsiyasi (KUBA) raisi o‘rinbosari Kim Chang Keon, Koreyaning yirik biznes vakillari, viloyat tadbirkorlari, ikki tomon OTMlari rahbarlari ishtirok etdi.
Forum doirasida Guliston davlat pedagogika instituti rektori Jaxongir Karshibayev, Honam Universiteti prezidenti Park, Sang cheol hamda Gwangju Universiteti prezidenti Dongjin Kim o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida OTMlari o'rtasida ta'lim, fan va innovatsiyalar borasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari kelishib olindi.
Uchrashuv so‘ngida Guliston davlat pedagogika instituti Gwangju universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolashga kelishib olindi.