WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 MayMayMay 2026 8 ko'rishlar

Turkiyada amaliyot boshlandi: Talabalarimiz Karamanoğlu Mehmetbey universitetida!

Talabalarimiz Turkiyaga sog‘-omon yetib borib, o‘zlarining 10 kunlik amaliyot dasturlarini yuqori kayfiyatda boshladilar. ✈️🌟

Hozirda talabalarimiz nimalar bilan mashg‘ul? 👇

Akademik muloqot: Adabiyot fakulteti dekani va kafedra mudiri bilan uchrashib, universitetdagi o‘quv jarayonlari, u yerdagi ta’limning ustun jihatlari hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqdalar;
Bilim almashinuvi: "Notiqlik san’ati" kabi qiziqarli fanlar bo‘yicha ma’ruzalarda ishtirok etib, turkiyalik tengdoshlari bilan birga dars jarayonini bevosita tajribadan o‘tkazishmoqda;
Xalqaro networking: Mahalliy talabalar bilan muloqotga kirishib, yangi do‘stlar va kelajakdagi hamkorlik uchun foydali aloqalar o‘rnatishmoqda.✨

Oldinda yana ko‘plab qiziqarli uchrashuvlar, amaliy mashg‘ulotlar va unutilmas tajribalar kutmoqda.

Boshqa yangiliklar