UrDUda Xalqaro yozgi maktab dasturi ish boshladi
Urganch davlat universitetida 17–21-avgust kunlari Germaniya va O'zbekiston OTMlari vakillari ishtirokida 5 kunlik Xalqaro yozgi maktab dasturi boshlandi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Ta'lim va ilm-fan uchun birgalikda yangi istiqbollar yaratish“ mavzusida Xalqaro yozgi maktab ochildi. Tadbirda Germaniyaning Myunster va Vuppertal universitetlari professor-o'qituvchilari hamda O'zbekistonning yetakchi OTM vakillari qatnashmoqda. Ochilishda UrDU prorektori A. Atamuratov va nemis professori Dr. Silvia Reuvekamp so'zga chiqdi. 5 kunlik dastur davomida sun'iy intellekt, nemis tili metodikasi, madaniyatlararo muloqot va PhD ta'limi bo'yicha seminarlar o'tkaziladi hamda Xiva, Urganch va Nukus shaharlariga madaniy tashriflar uashtiriladi.