#XalqaroHamkorlik #Psixologiya
Talabalarga rossiyalik olima tomonidan ochiq ma’ruzalar o‘qildi Ural davlat pedagogika universiteti Psixologiya instituti direktori, dotsent Lyudmila Maksimova Psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ochiq ma’ruzalar o‘qidi. Ma’ruzalarda zamonaviy psixologik yondashuvlar, ta’limdagi psixologik muammolar va ularni hal etish yo‘llari kabi mavzular yoritildi.
Talabalar ma’ruza davomida xalqaro tajribaga asoslangan bilimlarga ega bo‘lish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish va soha bo‘yicha chuqur fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, universitetning Xalqaro bo‘limida o‘tkazilgan uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar va seminarlar tashkil etish kabi yo‘nalishlarda kelgusidagi rejalar belgilab olindi.