WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
26 MayMayMay 2025 82 ko'rishlar

#XalqaroStajirovka 🇺🇿 🇹🇷

Qo‘qon davlat universiteti dotsenti Turkiyada ilmiy stajirovka o‘tamoqda

Qo‘qon davlat universiteti dotsenti (PhD) Qahramon Karimov Turkiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri — dunyoning eng yaxshi 1000 ta universiteti qatoridan o‘rin olgan Otaturk universitetida ilmiy stajirovka o‘tamoqda.

Mazkur stajirovka joriy yilning 19-iyuniga qadar davom etadi. Stajirovka doirasida dotsent Qahramon Karimov o‘z yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or ilmiy-uslubiy tajribalar bilan yaqindan tanishmoqda, xorijiy olimlar bilan muloqot olib bormoqda.

Boshqa yangiliklar