WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
15 IyunIyunIyun 2026 14 ko'rishlar

Volontyorlik markazi faoliyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Andijon davlat pedagogika institutida Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan talaba-yoshlar ishtirokida yoshlar tomonidan boshqariladigan Volontyorlik markazi faoliyatini yanada kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida institutda volontyorlik harakatini rivojlantirish, talabalarni ijtimoiy loyihalar va xayriya tadbirlariga keng jalb etish, ko‘ngillilar safini kengaytirish hamda volontyorlik faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

Talaba-yoshlar tomonidan volontyorlik markazi faoliyatini takomillashtirish, yangi yo‘nalishlarni joriy etish, mahallalar, ta’lim muassasalari va ijtimoiy muassasalar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan qator takliflar ilgari surildi.

Tadbirda volontyorlik faoliyati yoshlarning fuqarolik mas’uliyati, liderlik qobiliyatlari va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.

Mazkur ochiq muloqot yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda institutda volontyorlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Boshqa yangiliklar