WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
06 FevralFevralFevral 2026 8 ko'rishlar

Startap loyihalarni tijoratlashtirish masalalari muhokama qilindi

Qoʻqon davlat universitetida "Startap gʻoyalarni prototipga aylantirish va sinovdan oʻtkazish" mavzusida amaliy seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Tadbir dasturiga koʻra, oliygoh professor-oʻqituvchilariga innovatsion gʻoyalarni shunchaki loyiha emas, balki tayyor mahsulot (prototip) darajasiga olib chiqish mexanizmlari tushuntirildi.

Seminar davomida ishtirokchilar gʻoyalarni amaliy bosqichga koʻchirish, ularni texnik sinovdan oʻtkazish hamda kelgusida tijoratlashtirishga tayyorlash boʻyicha zarur nazariy bilim va koʻnikmalarga ega boʻldilar.

Mutaxassislar tomonidan berilgan amaliy tavsiyalar yosh olimlarning oʻz ishlanmalarini bozor talablariga moslashtirishda muhim poydevor boʻlib xizmat qilishi taʼkidlandi.

Boshqa yangiliklar