Ayol nozik qalb sohibi, mehr chashmasi, goʻzallik namoyondasi, deb taʼrif berilishi bejiz emas.
“Xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, oilada zoʻravonlikni oldini olish” mavzusida talaba-qizlar oʻrtasida davra suhbati boʻlib oʻtdi
Bugun Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi “Xotin qizlar kengashi” raisi S.Xamdamova tashabbusi bilan Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlash boʻyicha birinchi prorektor Y.Xusnitdinova, Adolat sotsial demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi raisi M.Dadaxoʻjayeva, Toshkent shahar Olmazor tumani kengashi deputati F.Abidjanova, Shayxontohur tumani IIOFMB 3-IIB XKM katta inspektori podpolkovnik G.Ishonxonova, Shayxontohur tumani IIOFMB 2-sonli Xotin qizlar inspektori katta leytenant X.Akbarova, Toshkent shahar IIBB terorizim boʻlimi katta tezkor vakili mayor X.Gʻoyibnazarovlar ishtirokida “Xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, oilada zoʻravonlikni oldini olish” mavzusida talaba-qizlar oʻrtasida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
🔻Davra suhbatini mobaynida zoʻravonlik, ayol-qizlarning huquqlarini himoya kabi mavzularda soʻz yuritildi


