21 AvgustAvgustAvgust 2025
13 ko'rishlar
☄️JDPU dotsenti Bahriddinova Dildora 2025–2026 o‘quv yili uchun Vengriyaning nufuzli “Stipendium Hungaricum” grantini qo‘lga kiritdi
⚡️U mazkur grant doirasida PhD yo‘nalishida korpus lingvistikasi sohasida yangi ilmiy izlanishlarni olib borishni rejalashtirmoqda.Kuni kecha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Vengriyada tahsil olish huquqini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik stipendiatlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda JDPU dotsenti Bahriddinova Dildora ham ishtirok etdi.
✔️Bu yutuq nafaqat ilmiy izlanishlar, balki xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda ham muhim qadamlardan biridir. Dildorani yutuqlari bilan tabriklab omad tilaymiz.