24 MayMayMay 2026
20 ko'rishlar
JDPU talabalari ekologik aksiya doirasidagi tadbirlarda ishtirok etdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilayotgan “Orol dengiziga poyezd” ekologik aksiyasi doirasida JDPU talabalari Chimboy tumanida tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar ko‘chat ekish ishlarida qatnashib, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar. Shuningdek, yoshlar an’anaviy qoraqalpoq chodirlari tayyorlanadigan “Qora uy” ustaxonasiga tashrif buyurib, milliy hunarmandchilik an’analari bilan tanishdilar.