20 MayMayMay 2026
16 ko'rishlar
JDPU talabalari “Talabalar ligasi”da 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi
Respublika miqyosida oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” musobaqalarining kurash sport turi bo‘yicha bahslarida Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
87 kg vazn toifasida 2-bosqich talabasi Shalola Abdullayeva oltin medal sohibi bo‘ldi. 70 kg vazn toifasida 2-bosqich talabasi Sevara Qobilova oltin medalni qo‘lga kiritdi. 66 kg vazn toifasida 1-bosqich talabasi Alisherbek Narziyev kumush medal bilan taqdirlandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan keyin umumjamoa hisobida faxrli 3-o‘rinni egalladi.