27 OktabrOktabrOktabr 2025
8 ko'rishlar
JDPU basketbol jamoasi “Ziyokor” o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining “Ziyokor” basketbol jamoasi Guliston davlat universiteti basketbol jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi yaqinlashib kelayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichiga hamda Oliy liga musobaqalarining 4-tur bahslariga puxta tayyorgarlik ko‘rishdan iborat bo‘ldi.
Musobaqalar 5×5 va 3×3 tizimlari asosida tashkil etilib, o‘yinlar murosasiz va yuksak sport ruhida o‘tdi.
Uchrashuvlar JDPU sport zalida bo‘lib o‘tdi.