WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
17 SentabrSentabrSentabr 2025 72 ko'rishlar

“Xon atlas” – milliy qadriyatlarimiz timsoli

Har yili mamlakatimizda xotin-qizlar ishtirokida “Xon atlas” oyligini oʻtkazish anʼanaga aylanmoqda. Necha asrlik tarixga ega boʻlgan xon atlas, adras va beqasam matolaridan tikilgan liboslar ayollarimizning latofatini yanada oshirishi bilan birga milliy hamda maʼnaviy qadriyatlarimizni yodga solmoqda.

Qoʻqon davlat universiteti “Boshlangʻich va texnologik taʼlim” fakulteti ayollari ham mazkur oylikda faol ishtirok etmoqdalar.

Fakultetda “Xon atlas” oyligi munosabati bilan talaba va xodimlar atlas hamda adras liboslarda tashrif buyurib, jamoaviy suratga tushishmoqda. Bu esa barcha ishtirokchilarga quvonch va bayramona kayfiyat ulashmoqda.

“Xon atlas” nafaqat nafis libos, balki ajdodlardan meros boʻlib kelayotgan bebaho anʼanalarimiz ramzi sifatida ham qadrlanmoqda.

Boshqa yangiliklar