WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
19 FevralFevralFevral 2026 32 ko'rishlar

KOICA vakillari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

Bugun, 19-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga Koreya Respublikasining Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi ofisi vakillari tashrif buyurdi.

Mehmonlar bilan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor G‘. O‘razboyev boshchiligida universitet rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida KOICA tomonidan ko‘ngilli o‘qituvchilarni universitetga jalb etish masalalari muhokama qilindi. Xususan, sun’iy intellekt hamda koreys tili yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar bilan ishlaydigan malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi va tomonlar o‘zaro fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida mehmonlar Xorijiy filologiya fakultetida koreys tili yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda mavjud ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

Boshqa yangiliklar