WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
07 NoyabrNoyabrNoyabr 2025 21 ko'rishlar

“Kutubxona sizga shior bo‘lsin”: ijod va ilhomga boy uchrashuv

Qo‘qon davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida “Kutubxona sizga shior bo‘lsin” nomli ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, badiiy ijodga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish va adabiyot ahlining tajribasini yoshlar bilan bo‘lishishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari — Muhtarama Roziqova, Shodiya Umrzoda, Nargiza Manzur, Ro‘zixon Yunusaliyeva va Zuhra Muhammad ishtirok etdilar.

Tadbir davomida talabalar yozuvchi va shoiralar bilan samimiy suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ijodiy uchrashuv ishtirokchilarda badiiy so‘zga, adabiyotga va kitobga bo‘lgan mehrni yanada kuchaytirdi.
 

Boshqa yangiliklar