Xalqaro miqyosdagi olimlar tomonidan “mahorat darslari” o‘tilmoqda
Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat pedagogika institutiga Qozog‘iston Respublikasining Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti o‘qituvchilari siyosiy fanlari nomzodi, dotsent Primbek Suleimenov va geografiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi Alim Mylkaidarovlar tashrif buyurishgan.
Siyosiy fanlari nomzodi, dotsent Primbek Suleimenov tomonidan Guliston davlat pedagogika institutining “Fizika va astronomiya”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” va "Tarix" yo‘nalishi talabalariga “Falsafa ” fani, “Maktabgacha ta’lim” va “Pedagogika va psixologiya” mutaxassisliklari magistrantlariga “Kasbiy ma’naviyat” fanlaridan “mahorat darslari” o‘tilgan bo‘lsa, geografiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi Alim Mylkaidarov tomonidan esa “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” ta’lim yo‘nalishi 1 va 2 bosqich talabalriga “Umumiy yer bilimi” hamda “Tabiiy geografiya” fanlaridan dars mashg‘ulotlari olib borildi.