15 OktabrOktabrOktabr 2024
43 ko'rishlar
Hamkorlikda magistrlar tayyorlanad
Xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektor Nigora Qodirova boshchiligidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti vakillari ayni paytda Al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida boʻlib turibdi.
Safar davomida hamkorlikda magistrlar tayyorlash masalasi muzokaralar kun tartibidagi asosiy mavzuga aylandi. Erishilgan kelishuvga muvofiq, yangi oʻquv yilidan boshlab kimyo va pedagogika ixtisosliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi amalga oshiriladi. Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan magistrlarga ikki tomonlama diplom beriladi.