WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 IyunIyunIyun 2025 73 ko'rishlar

Qo‘qon davlat universitetida magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘qon davlat universiteti Magistratura bo‘limida Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika), Pedagogika va psixologiya, shuningdek, Maxsus pedagogika: defektologiya (surdopedagogika) yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan magistrantlarning dissertatsiya himoyalari muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazildi.

Magistrantlar o‘z dissertatsiyalarida tanlangan mavzularning dolzarbligini ilmiy asoslar bilan yoritib, tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish yo‘llarini asoslab berdilar. Himoya jarayonlari ochiq va shaffof tarzda tashkil etilib, talabgorlarga o‘z ilmiy salohiyatlarini namoyon etish uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Boshqa yangiliklar