UrDUda xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Oybek Sotiboldiyev universitetda faoliyat yuritayotgan xorijlik mutaxassislar bilan uchrashib, o‘quv jarayoni va ularga yaratilgan sharoitlarni muhokama qildi.
Bugun Urganch davlat universitetida Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Oybek Sotiboldiyev universitetda dars berayotgan bir guruh xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda xorijlik mutaxassislarning o‘quv jarayonidagi ishtiroki, ilmiy-pedagogik faoliyati hamda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xorijiy o‘qituvchilar uchun yaratilgan ish va yashash sharoitlari tahlil qilindi. Ma’lumot o‘rnida, 2026-yilda universitetda AQSH, Ispaniya, Xitoy, Sloveniya, Turkiya va Gretsiyadan kelgan jami 15 nafar malakali professor-o‘qituvchi talabalarga bilim bermoqda.