WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
22 AvgustAvgustAvgust 2024 24 ko'rishlar

Germaniyaning Myunhen shahrida joylashgan “Maurer SPS” kompaniyasi rahbariyati bilan Oʻzbekistondan borgan delegatsiya aʼzolari uchrashdilar

Uchrashuv boshida kompaniya faoliyati va ishlab chiqariladigan mahsulotlar bilan korxona bosh mutaxassisi Oliver Benike yaqindan tanishtirib oʻtdi.

Germaniyaning  Myunhen shahrida joylashgan  “Maurer SPS” kompaniyasi rahbariyati bilan Oʻzbekistondan borgan delegatsiya aʼzolari uchrashdilar. 

"Maurer SPS"  kompaniyasi Germaniyaning yirik seysmik izolyatorlar va seysmik demferlar  ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan hisoblanadi.

Uchrashuv boshida kompaniya faoliyati va ishlab chiqariladigan mahsulotlar  bilan korxona bosh mutaxassisi Oliver Benike  yaqindan  tanishtirib oʻtdi.

Delegatsiya aʼzolari bilan kompaniya   bosh direktori  Holger Redecker suhbat davomida  "Maurer SPS" kompaniyasi  mahsulotlarini Oʻzbekistonga tatbiq etish va   kelajakda qoʻshma korxona ochishni yoʻlga qoʻyish masallariga toʻxtalib, delegatsiya aʼzolari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishtirdi.

Uchrashuv yakunida “Maurer SPS” kompaniyasi hamda Toshkent Arxitektura-qurilish universiteti oʻzaro hamkorlik aloqalari oʻrnatilib  memorandum imzoladilar.

Boshqa yangiliklar