Ozarbayjonning Mingachevir davlat universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Joriy yilning 9-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga Ozarbayjon Respublikasining Mingachevir davlat universitetidan Rektor maslahatchisi Xagani Jafarov hamda Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha rektor maslahatchisi Jeyhun Mahmudovdan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Joriy yilning 9-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga Ozarbayjon Respublikasining Mingachevir davlat universitetidan Rektor maslahatchisi Xagani Jafarov hamda Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha rektor maslahatchisi Jeyhun Mahmudovdan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasida xorijiy oliy ta'lim muassasasi vakillari universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori U. Xalikov bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilindi. Xususan, xorijiy hamkor universitetlar talabalarini yozgi va qishki maktablarga jalb etish, professor-o‘qituvchilar almashinuvini bir modul doirasida yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy maqolalar tayyorlash hamda QS reytingi doirasida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat kelgusida ta’lim, ilm-fan va xalqaro aloqalar yo‘nalishlarida samarali hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.