WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 MayMayMay 2026 5 ko'rishlar

Bolgariyaning Varna menejment universiteti bilan memorandum imzolandi

Xalqaro "QUARTZ" loyihasi doirasida Urganch davlat universiteti va Bolgariyaning Varna menejment universiteti o‘rtasida ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.

Bugun xalqaro "QUARTZ" loyihasi doirasida Bolgariyaning Varna menejment universiteti vitse-prezidenti Vanina Valcheva hamda Xalqarolashtirish va global hamkorlik bo‘yicha direktori Christina Armutliyeva Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlar universitet rahbariyati bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar va rasmiy memorandum imzoladilar.
Mazkur hujjat ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida qo‘shma ilmiy seminarlar, konferensiyalar, tadqiqot loyihalari va ilmiy nashrlar yo‘nalishida hamkorlikni ko‘zda tutadi. Shuningdek, memorandum professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun akademik mobillik dasturlari, malaka oshirish hamda xalqaro ilmiy-amaliy stajirovkalarni tashkil etish imkoniyatlarini yaratadi.

Boshqa yangiliklar