08 MayMayMay 2024
36 ko'rishlar
Xotira aziz – qadr muqaddas
Fizika-matematika fakultetida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” ga bag‘ishlab ”Xotira aziz – qadr muqaddas” mavzusida tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirga uzoq yillar institutda mehnat qilib nafaqada bo‘lgan faxriylar hamda hozirda faoliyat yuritayotgan ustozlar taklif etilib, ularga ehtirom ko‘rsatildi. O‘nlab fidoyi insonlarning nomlari chuqur hurmat bilan tilga olindi.
Uchrashuv tom ma’noda fidokorona va halol mehnat hamisha e’tiborda bo‘lishini jonli timsollarda isbotlab, talaba-yoshlarda keksa avlod bilan faxrlanish tuyg‘ularini yanada oshirishga xizmat qilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.