WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
29 NoyabrNoyabrNoyabr 2025 121 ko'rishlar

Ustoz–shogird an’analari bugungi kun ijrochiligida

Qo‘qon davlat universitetining “Xalq ijodiyoti” kafedrasi tomonidan “Ustoz–shogird an’analari bugungi kun ijrochiligida” nomli badiiy-konsert dasturi tashkil etildi. Tadbirda ustoz san’atkorlar va ularning izdosh shogirdlari ijro etgan chiqishlar tomoshabinlarga katta taassurot qoldirdi.

Konsert dasturida xalq og‘zaki ijodi, milliy kuy-qo‘shiqlar, an’anaviy ijrochilik maktablarining rang-barang namunalariga keng o‘rin berildi. Ustozlarning mahorati va shogirdlarning izlanuvchan ijrosi uyg‘unlashib, sahnada ma’naviy merosning uzviy davomiyligi namoyon bo‘ldi.

Tadbirning asosiy maqsadi – yosh ijrochilarni milliy san’atga yanada yaqinlashtirish va ijrochilik an’analarini yangi avlodga yetkazishdan iborat bo‘ldi hamda ijodiy faoliyatidagi muhim tadbirlardan biri sifatida e’tirof etildi.

Boshqa yangiliklar