WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
05 MayMayMay 2026 13 ko'rishlar

Mini-futbol: talaba-qizlar o‘rtasida matonat va nafosat bahsi

Qo‘qon davlat universitetida talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish maqsadida mini-futbol bo‘yicha qizg‘in musobaqa tashkil etildi. Universitet Sport klubi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida o‘tkazilgan ushbu sport bayrami talaba-qizlarning shijoatini namoyon etdi.

Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti sport zalida start berilgan turnir ilk daqiqalardanoq kutilmagan va hayajonli vaziyatlarga boy bo‘ldi. Musobaqa avvalida ta’kidlanganidek, mini-futbol — bu shunchaki o‘yin emas, balki yuksak taktika, tezkor qaror qabul qilish va har soniyada o‘zgarib turadigan vaziyatga moslashish san’atidir. Maydonga tushgan qizlar o‘zlarining nafaqat chaqqonliklarini, balki to‘p bilan ishlashdagi mahoratlarini ham ko‘rsatib, olqishga sazovor bo‘ldilar.

Keskin kurashlar ostida o‘tgan o‘yinlarda fakultet jamoalari g‘oliblik uchun munosib qarshilik ko‘rsatdilar. Ayniqsa, hujumlarni tashkil etishdagi aniqlik va himoyadagi mustahkamlik uchrashuvlarning yanada jozibali o‘tishini ta’minladi. Mutaxassislarning fikricha, bunday tadbirlar qizlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish bilan birga, ularda yetakchilik qobiliyati va o‘zaro ishonch tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, Gumanitar fanlar va tillar fakulteti qizlari birinchi oʻrinni, Xorijiy filologiya fakulteti qizlari ikkinchi, Sanʼat va sport fakulteti qizlari esa uchinchi oʻrinni egalladi.

Zafar quchgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar. Ushbu musobaqa nafaqat sport tadbiri, balki universitet yoshlari orasida do‘stlik va ahillikni mustahkamlagan haqiqiy bayramga aylandi.

Boshqa yangiliklar