30 AprelAprelAprel 2024
79 ko'rishlar
TDYU hamkori bo‘lgan M.S.Narikbayev nomidagi KazGYU universiteti 2–4-bosqich talabalari uchun akademik almashinuv dasturini e’lon qildi
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan GPA 70% dan kam bo‘lmasligi va rus tilini bilishi talab qilinadi.
Xorijiy oliy ta’lim muassasasida talabalar almashinuv dasturi bo‘yicha o‘qishni istagan TDYU talabalari quyidagi hujjatlarni 15-mayga qadar dekanatlarga taqdim etishi kerak:
1. Akademik transkipt nusxasi;
2. Xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
3. Boshqa sertifikatlar.
Loyiha 1 semestrni (2024/2025-o‘quv yilda) hamkor xorijiy universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari) talaba tomonidan qoplanadi.