WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
28 OktabrOktabrOktabr 2024 10 ko'rishlar

Namangan muhandislik-texnologiya instituti vakillari Hindistonda malaka oshirish kursida xalqaro tajribalarni o‘rganmoqda.

Namangan muhandislik-texnologiya institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari Hindistonning Haydarobod shahrida joylashgan "English and Foreign Languages" universitetida ITEC dasturi doirasida "Proficiency-Cum-Professional Development Course for Teachers in English" kursida malaka oshirmoqda.

Mazkur o‘quv dasturi orqali o‘qituvchilarimiz o‘zlarining pedagogik yondashuvlarini xalqaro talablarga moslashtirishda, zamonaviy usullarni o‘zlashtirishda amaliy ko‘nikmalarini boyitmoqdalar. NamMTI vakillari, xususan, Prof. Haribandi Lakshmi bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ta’limdagi ilg‘or yondashuvlar, samarador metodlar va til o‘rgatish bo‘yicha tajriba almashmoqdalar.

Ushbu hamkorlik xalqaro miqyosdagi bilimlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar