WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
13 YanvarYanvarYanvar 2026 14 ko'rishlar

Namangan davlat texnika universiteti Huawei kompaniyasi bilan raqamli ta’lim yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirmoqda

Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev viloyat hokimligi delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri — Huawei kompaniyasining bosh ofisiga rasmiy tashrif buyurdi.

Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev viloyat hokimligi delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri — Huawei kompaniyasining bosh ofisiga rasmiy tashrif buyurdi.

Tashrifning asosiy maqsadi universitetda “Smart University” konsepsiyasi asosida ta’lim jarayonlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, sun’iy intellekt ilmiy laboratoriyasini tashkil etish orqali zamonaviy va innovatsion ta’lim muhitini shakllantirishdan iborat.

Uchrashuvlar davomida universitetda raqamli transformatsiyani bosqichma-bosqich amalga oshirish masalalari yuzasidan amaliy muzokaralar olib borildi. Jumladan, o‘quv jarayonlarini Learning Management System (LMS) platformalari orqali boshqarish, sun’iy intellekt asosida ta’lim berish mexanizmlarini joriy etish hamda ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy texnologik yechimlar muhokama qilindi.

Mazkur hamkorlik Namangan davlat texnika universitetining xalqaro ta’lim makonidagi nufuzini mustahkamlash, ilg‘or raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga integratsiya qilish hamda raqamli iqtisodiyot talablari asosida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

Boshqa yangiliklar